Bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi

Qo‘y go‘shtining narxi 55 mingdan 88 minggacha chiqqan, suyakli mol go‘shti 45 000 mingdan 76 000 so‘mgacha.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. 29 iyun holatiga ko‘ra, hududiy markaziy dehqon bozorlarida suyakli mol go‘shti 45 mingdan 76 ming so‘mgacha sotilgan. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Statqo‘m hududiy markaziy dehqon bozorlarida ayrim mahsulotlarning narxlari bo‘yicha o‘tkazilgan kuzatuv natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 18-aprel holatiga alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari qo‘yidagicha bo‘lgan:
Suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖45 000 – 76 000 so‘m;
Qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 55 000 –88000 so‘m;
Kartoshka (1 kg) ➖ 2000 –7000 so‘m;
Piyoz (1 kg) ➖ 2000 –5500 so‘m;
Sabzi (1 kg) ➖ 1000 –6000 so‘m;
Tuxum (10 dona) ➖ 7000 – 15 000 so‘m;
Guruch (1 kg) ➖ 5000 – 22 000 so‘m;
O‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 15 500 – 30 000 so‘m;
Shakar (1 kg) ➖ 10 000 – 18 000 so‘m.
Eng arzon go‘sht, odatda Nukus markaziy dehqon bozorida (45 ming), eng qimmati esa Toshkentdagi Oloy va Farhod dehqon bozorlarida (88 ming). Eng arzon shakar - Andijonda (10 ming), qimmati Toshkentda - 18 ming (Oloy bozor). Tuxumning eng arzoni Navoiyda (7 ming), qimmati Toshkentda - 15 ming. (Farxod bozori).
Bunda faqat dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.