Barcha tijorat banklari xorijiy valyuta bilan ta’minlangan - MB

O‘zbekistondagi barcha tijorat banklari naqd xorijiy valyuta bilan ta’minlangan.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Ayni vaqtda O‘zbekistondagi barcha tijorat banklari naqd xorijiy valyuta bilan ta’minlangan. Bu haqda Markaziy bank matbuot kotibi ma’lum qildi.

“Ayni paytda respublikamizdagi barcha tijorat banklari naqd xorijiy valyuta bilan ta’minlangan.

Barcha tijorat banklarida jismoniy va yuridik shaxslar uchun valyuta sotish va sotib olish amaliyotlari hamda xorijdan pul o‘tkazmalari uzluksiz ishlamoqda”, deyiladi xabarda.

Regulyatorga ko‘ra, ayni kunlarda Xalq banki, Ipak yo‘li bank, Trastbank, Kapitalbank, Hamkorbank, Mikrokreditbank, Agrobank, Infinbank va Ipotekabankda naqd valyuta va pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq amaliyotlarda cheklovlar va muammolar yo‘q.
“Hurmatli yurtdoshlar, savol va murojaatlarni Markaziy bank hamda tijorat banklari ishonch telefonlari orqali bildirish mumkinligi eslatib o‘tiladi”, deyiladi xabarda.