“Vkratse!” qisqa metrajli filmlar festivali o‘zbekistonlik ishtirokchilarni kutmoqda

Qisqa metrajli filmlar tanlovi uchta yo‘nalish - asosiy xalqaro, xalqaro bolalar va mintaqaviy rus kinosi orasida o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. “Vkratse!" -2022 qisqa metrajli film kunlari” xalqaro kinofestivali O‘zbekiston filmlarini tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi. Bu haqida tadbir tashkilotchilari Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.

“Vkratse!” qisqa metrajli xalqaro kinofestival 2013-yildan buyon Volgograd viloyatida o‘tkazib kelinmoqda. Unda ishtirok etish uchun har yili yuzlab arizalar qabul qilinadi. Tanlov dasturi nufuzli xalqaro hay’at a’zolari tomonidan baholanadi.

Festival direktori Inessa Tropina ma’lum qilishicha, bu to‘qqizinchi festival bo‘lib, unda ilgari O‘zbekiston filmlari tanlovning saralash bosqichida ishtirok etgan, ammo tanlov dasturiga kiritilmagan.
Tanlovga qisqa metrajli filmlar quyidagi toifalarda qabul qilinadi: o‘yin, hujjatli film, animatsiya, eksperimental kino va videoart.
Bolalar uchun esa alohida filmlar toifasi mavjud. Filmlarning xronometraji -25 daqiqagacha.

Bu qanday bo‘ladi?

Tomoshabinlar dunyoning o‘nlab eng yaxshi qisqa metrajli filmlarini, shuningdek, hamkor festivallarning maxsus badiiy dasturlarini tomosha qilishadi. Turli maydonlarda ma’ruzalar, mahorat darslari va qo‘shimcha ijodiy dasturlar o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar shu yilning 1-sentabrga qadar qabul qilinadi. Kinofestival esa dekabr oyida Volgogradda bo‘lib o‘tadi. Ariza berish shartlari va shakli bilan kinofestivalning veb-saytida tanishish mumkin.
Tadbir "Ochiq shahar" (Volgograd) inson kapitalini rivojlantirish avtonom notijorat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan.