Toshkentda dzudo bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan dzudo bo‘yicha jahon chempionatiga 100 dan ziyod davlatdan sportchilar tashrif buyuradi.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. 6-13 oktabr kunlari ilk bor Toshkentda dzudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Unga dunyoning 100 dan ziyod davlatidan sportchilar tashrif buyuradi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
V Federatsii dzudo Uzbekistana pod rukovodstvom zamestitelya predsedatelya NOK, predsedatelya Federatsii dzudo Azizjona Kamilova obsujdeni aktualnie na segodnyashniy den voprosi podgotovki k vajnim sorevnovaniyam.
“Mazkur dunyo birinchiligini yuqori saviyada tashkil etish, yurtimizga keladigan mehmonlar uchun barcha qulayliklarni yaratish, ularning yaxshi taassurotlar bilan qaytishlari uchun hozirdanoq zaruriy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.
V Federatsii dzudo Uzbekistana pod rukovodstvom zamestitelya predsedatelya NOK, predsedatelya Federatsii dzudo Azizjona Kamilova obsujdeni aktualnie na segodnyashniy den voprosi podgotovki k vajnim sorevnovaniyam.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston dzudo federatsiyasida MOQ raisi o‘rinbosari, mamlakat dzudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov boshchiligida yilning eng muhim startiga tayyorgarlik masalalar atroflicha muhokama qilindi. Unda jahon chempionati ishtirokchilari, faxriy mehmonlar, delegatsiyalarni kutib olish hamda mehmonxonalarga joylashtirish, ularga yuqori servis xizmatini ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqildi. Azizjon Yakubjanovich ushbu masalalar tadbirni yuqori saviyada tashkil etishda katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, ularga jiddiy yondashish zarurligini bildirdi.
V Federatsii dzudo Uzbekistana pod rukovodstvom zamestitelya predsedatelya NOK, predsedatelya Federatsii dzudo Azizjona Kamilova obsujdeni aktualnie na segodnyashniy den voprosi podgotovki k vajnim sorevnovaniyam.
Yig‘ilish davomida bo‘lajak musobaqa ramzi, mehmonlar va shohsupaga ko‘tariladigan sportchilarga beriladigan esdalik sovg‘alarining namunalari ham muhokama qilindi. Shuningdek, kuni kecha e’lon qilingan “O‘zbekistonda dzudo sport turini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorining har bir bandi bo‘yicha ham fikr almashilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.