Rossiya va Xitoyni jilovlash yo‘lida NATOning bema’ni strategiyasi

G‘arbni bir vaqtning o‘zida ikki frontga - Rossiyaga va Xitoyga qarshi geosiyosiy urush e’lon qilish arafasida turibdi. Bu uning gegemon sifatida so‘nggi zarbasi bo‘lishi mumkin. Bu vaziyatda Rossiya va Xitoy qanday yo‘l tutishi kerak?
Sputnik
NATOning Madridda bo‘lib o‘tgan sammiti deklaratsiyasida Rossiya rasman “ittifoqchilar xavfsizligi va Yevro-Atlantika mintaqasida tinchlik va barqarorlikka eng muhim va bevosita tahdid”deb e’lon qilindi.
Biroq, alyans esa o‘ziga o‘zi - "mudofaviy va hech qaysi mamlakat uchun xavfi bo‘lmagan” deb tarif berdi. Ittifoqdoshlar “Rossiya tomondan bo‘ladigan tahdidlarga qarshi javob berish”, bundan tashqari, “Ukrainaga siyosiy va amaliy yordam berish” va “sharqiy flangda qo‘shimcha kuchli jangovar kuchlarni ko‘paytirishda” davom etishadi.
Rossiyadan esa “Ukrainadan chiqib ketishni” talab qilishmoqda. Deklaratsiyada buni qanday amalga oshirishlarini aytib o‘tishmagan, biroq inglizlar jonga oro kirib, ittifoqning boshqa barcha a’zolarini nimaga undashlarini aytishdi.
Tashqi ishlar vaziri Liz Trass, Madridda nutqqa chiqar ekan, hammasini aniq-ravshan aytdi:
“Hozir harakatlarni ko‘paytirish va Ukrainada Rossiyani mag‘lub etishi, Zelenskiyning kuch pozitsiyasidan turib muzokaralar o‘tkaza olishini ta’minlashning ayni payti. (...) Biz Rossiyaning Ukrainada mag‘lub bo‘lishiga erishishimiz shart. Biz buni Yevropa xavfsizligi, erkinligi va demokratiyasi uchun qilishimiz shart. Bu Yevropada uzoq muddatga tinchlikni ta’minlashning yagona yo‘li.
Ba’zilar Rossiya hamon Ukrainada bo‘lib turganda muzokaralar o‘tkazishni aytishmoqda. Ammo bu ishning oqibati faqat yolg‘on tinchlik bo‘ladi. Biz tarixdan saboq chiqarishimiz kerak, masalan, mintaqada uzoq muddatga tinchlikni ta’minlashi kerak bo‘lgan Minsk kelishuvlarining buzilishi. Aytmoqchi bo‘lganim shuki, biz avval Rossiyani mag‘lub etishimiz, keyin muzokaralar boshlashimiz kerak”.
Anglo-saksonlarning Rossiya ustidan g‘alaba qozongunga qadar urush olib borish niyatlarini biz allaqachon tushunganmiz. Bu yerda hech qanday yangilik yo‘q. Biroq, bizni boshqa masala biroz hayratga soladi - nahotki ular hali ham G‘arbning g‘alabasiga shunchalik ishonishmoqda? Vaziyat G‘arbning mag‘lubiyati tomon borayotgani - voqelikka real ko‘z bilan qaraydigan har bir odamga tushunarli-ku? Moskva ortga chekinmoqchi ham, o‘z ko‘zlagan maqsadlaridan voz kechmoqchi ham emas.
Ehtimol bu shunchalik anglichanlarning o‘ziga xos agitatsiyasidir? Ular atlantikachilar o‘rtasida qat’iyatni saqlab qolish va kelajakda g‘alaba qozonishga barcha shubhalarni yo‘q qilish maqsadida ushbu tashviqotni amalga oshirishmoqda? Ha mayli, bu ularning didi va huquqi...

NATO strategiyasi

Bu yerda NATOning yakuniy maqsadlari bundanda qiziqarliroq. Tabiiyki, yaqin istiqbolda, 2030-yilga qadar ko‘zlangan maqsadlar. Har holda Madridda aynan shular muhokama qilindi. Agar Rossiya asosiy tahdid bo‘lsa, unda barcha kuchlar u bilan kurashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak, mantiqqa ko‘ra. Lekin NATO harbiylarining o‘zlari qurollar va pullar yetishmayotgani va armiyalar hajmini kengaytirishga ehtiyoj borligini tan olishmoqda. Rus tanklarini Varshava va Berlinda kutayotgan ekansiz - mayli Rossiya bilan mashg‘ul bo‘ling. Uni yakkalang, har tomondan bosim o‘tkazing, kuchlaringizni shu darajada ko‘paytiringki, toki uyqungizda ham xotirjam bo‘ling.
Aniq bo‘lgan faktlarga qaraganda, NATO kuchlari ham ancha ko‘p ekan. Lekin shu yerda NATO strategiyasida ilk bor Xitoy paydo bo‘lmoqda - hali dushman sifatida emas, lekin tahdid boshlanishi sifatida:
“Xitoyning bayon qilgan ambitsiyalari va uning majburlash siyosati bizning manfaatlarimizga, bizning xavfsizligimizga, bizning qadriyatlarimizga tahdid soladi (...) Xitoy o‘zining xalqaro ta’sirini kuchaytirish uchun keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy va harbiy vositalardan foydalanadi, ammo shu bilan birga o‘z strategiyasi, niyatlari va harbiy kuchini oshirish borasida mavhum bo‘lib qolmoqda”.
Balki gap Xitoy Xalq Respublikasining Rossiya bilan “chuqur strategik sherikligi” va “ularning asoslangan halqaro tartibni buzishga urinishidardir” (alyansning o‘sha strategik konsepsiyasida xuddi shunday deb yozilgan), va ularni har doim NATOni qoralashidadir? Ya’ni Xitoy doim tajovuzkor Rossiya bilan bir tomonda o‘ynadi va mudovafiy alyans bunga javob bermay yana nima qilishi kerak?
Yoki masala baribir NATOning hammasini boshdan oyoq o‘zgartirib yuborayotganidadir- va nafaqat Yevro-Atlantik, balki Tinch okeani mintaqasidagi muammolarga o‘z burnini suqqanidadir? Aslida bu aslo uning harakatlari va manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi. Agar, aslida NATOning shunchaki anglo-saksonlar va ularga qaram bo‘lgan Yevropa tashkilotlaridan tashkil topgan alyans ekanligini aytmasa.
Anglo-saksonlarning esa har yerda manfaatlari bor va shuning uchun u qayerda bo‘lmasin, har qanday mustaqil derjava unga “tahdid qiladi”. Eron yoki Venesuela, Shimoliy Koreya yoki Myanma- bular tirik qolganlardan. Iroq va Liviya - bular esa yo‘q qilinganlardan.
Rossiya yoki Xitoy kabi yirik derjava, sivilizatsiya mamlakatlari haqida nima deyish kerak - ularning borligining o‘zi anglo-saksonlarning “manfaatlari, xavfsizligi va qadriyatlariga” rahna soladi. Va qachonki ular parchalanish yoki kuchsizlik vaqtida yo‘qotganlarini qaytarib olishni boshlasa- shu paytning o‘zida jang maydonida, iloji boricha birovlarning ko‘li bilan mag‘lub qilish kerak bo‘lgan “asosiy tahdid” hisoblanib qoladi.
Buning hammasi tushunarli va hayratlanarli emas. G‘alataligi boshqa. O‘zini Rossiya tahdidi ostida deb e’lon qilgan G‘arb o‘z mavqesini yomonlashtirish va raqiblarini ko‘paytirish uchun hammasini o‘z qo‘llari bilan qilyapti. Xo‘sh, nega endi Xitoyni NATOga “tahdid” sifatida ayblash kerak bo‘lib qoldi? Buning amaliy ma’nosi nimada?
Yo‘q, anglo-saksonlarga o‘n yilliklar uchun asosiy muammo bu Xitoy ekanini hamma tushunib turibdi. Pekin ham anglosaksonlar bilan muzokara orqali kelishib olish mumkinligiga yoki globalizatorlarning eng qadimgi sivilizatsiyaga munosabati haqida ham xomxayollar yo‘q. Lekin nima uchun shundoq ham keskin bo‘lgan munosabatlarni yanada keskinlashtirish kerak bo‘ldi? Aslida NATO qayerda-yu, Xitoy qayerda o‘zi?
Dunyoda hech kim Xitoyning Yevropa xavfsizligiga hatto Rossiya bilan birgalikda ham xavf solishiga ishonmaydi. Xitoyning o‘z ostonasida, Tinch okeani mintaqasida ham muammolari oshib toshib yotibdi. Shunchaki, G‘arbda kimdir Xitoyga unga nafaqat AQSh balkim butun NATO, ya’ni Yevropa va Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya ham qarama-qarshi turganini ko‘rsatib qo‘ygisi kelgan xolos. Va nafaqat siyosiy va iqtisodiy tomondan balkim harbiy tomondan ham.
Ya’ni, yevroatlantik harbiy alyans Tinch Okeani derjavasi (Xitoy)dan norozi ekanligini bildirapti va undan qanday javob kutmoqda endi?
Javob esa - anglo-saksonlarni eng ko‘p xavotirga solgan va ularning obyektiv strateglari ko‘p marotaba ogohlantirgan tarzda bo‘ladi - ya’ni Rossiya-Xitoy munosabatlarining mustahkamlanishi ko‘rinshida.
Demak anglo-saksonlar o‘zi qo‘llari bilan NATO yordamida Moskva va Pekin ittifoqdoshligini yanada mustahkamlanishiga hissa qo‘ishishdi. Bu axmoqlikmi yoki sotqinlik deb so‘ragisi keladi kishini. Lekin javob oddiy, ular Rossiya va Xitoy o‘rtasida sovuqlik tushirib bo‘lmasligiga ko‘nikkan ko‘rinadi va shuning uchun hech nimani yashirishmoqchi emas.
Chunki, anglo-sakson strateglari o‘rtasida shunday fikr ham bor, Moskva va Pekin ittifoqdoshligi uzoqqa bormaydi va G‘arb hatto eng kichik rus-xitoy qarama-qarshiligidan ham munosabatlarni buzish yo‘lida foydalanishi kerak. Ehtimol, anglo-sakson ilonining bir boshi uning ikkinchi boshi nima qilayotganini bilmas?
Yo‘q, bunga javob undan ham oddiyroq - Atlantika alyansida qaror qabul qiladigan barcha boshlar G‘arb hali hamon dunyoning qolgan qismidan va hatto Moskva va Pekindan ham ustun ekanligiga ishonchi komil. Bu geosiyosiy ustunlik (moliyaviy, harbiy, mafkuraviy, tashviqiy) ularning fikricha, yana uzoq vaqt davom etadi, bu vaqt ichida “isonchilar”ning tanobini tortib qo‘yishga ulgurish kerak. Xo‘sh, qanday qilib?
Masalan, ularga mahalliy harbiy mag‘lubiyat yetkazish va to‘polonga olib keladigan ichki muammolarni yanada kuchaytirish (bu “Rossiyani mag‘lub etishning yagona yo‘li axir- 1917-yilni eslang). Va bir vaqtning o‘zida “isonchilarni” o‘z atrofida G‘arbdan norozi bo‘lgan jamoani tuzishga ruxsat bermaslik, ularga parallel va muqobil global aloqalarni rivojlantirishga yo‘l qo‘ymaslik (moliyaviy, savdo-sotiq, logistik, xomashoviy, axborot).
Mana shu cheklanmagan imkoniyatlariga ishonchning o‘zi G‘arbni bir vaqtning o‘zida ikki frontga - Rossiyaga va Xitoyga qarshi geosiyosiy urush e’lon qilishdek halokatli telbalikka olib keladi. Umuman, anglo-saksonlarning o‘zlari hozirgi harakatlarning naqadar halokatli ekanligini faqatgina kuchi yetmay qolgandagina anglab yetadi. Bizga esa bunga qadar ularning “butunlay ustunlikka erishish" haqidagi xomxayollariga xalaqit berish umuman qiziq emas.