Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari "Zmeiniy" orolini o‘z ixtiyori bilan tark etdi

Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlari olib chiqishga to‘sqinliq qilmayotganini namoyish qilish maqsadida Rossiya qo‘shinlari "Zmeiniy" orolini ixtiyoriy ravishda tark etishdi.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi harbiylarning "Zmeyniy" orolidan olib chiqilishi to‘g‘risida alohida bayonot e’lon qildi.
Unday aytilishiga ko‘ra, ushbu tashabbusdan maqsad Rossiya harbiylari Ukrainadan qishloq xo‘jalik mahsluotlarini olib chiqishga to‘sqinlik qilmayotganini namoyish qilish.
“Shunday qilib, Rossiya Federatsiyasi BMTning Ukraina hududidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish uchun gumanitar yo‘lak tashkil etish bo‘yicha sa’y-harakatlariga to‘sqinlik qilmasligi jahon hamjamiyatiga namoyish etildi".
"Ushbu qaror Kiyevga yaqinlashib kelayotgan oziq-ovqat inqirozi mavzusida, Qora dengizning shimoli-g‘arbiy qismida Rossiyaning to‘liq nazorati ostida bo‘lgan donni eksport qilishning iloji yo‘qligiga ishora qilishiga imkon bermaydi".
"Endi so‘z Ukraina tomonida, u hali ham qirg‘oqlari yaqinidagi Qora dengiz qirg‘oqlarini, shu jumladan port suvlarini (minalardan - tahr.) tozalamayapti".
Ma’lumot uchun, Ukrainaning Odessa portida don mahsulotlari ortilgan bir necha xorijiy kemalar ketishga ruxsatnoma kutib turibdi. Ukraina rasmiylari ularga "dengizga chiqish xavfli" deya portni tark etishga ruxsat bergani yo‘q, va ushbu xavflarning paydo bo‘lishida Rossiya tomonini ayblamoqda. Rossiya tomoni esa Ukrainada oziq-ovqat mahsulotlari olib chiqishga to‘sqinlik qilmaganini va Qora dengizda tinchlik koridori tashkil qilganini bir necha bor ta’kidlagan edi, lekin Ukraina tomoni koridorni tasdiqlamagan va xorijiy kemalar chiqib ketishiga yo‘l ochib bermagan.