TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo markazining ma’lum qilishicha, hijriy 1443-yil Zulhijja oyining birinchi kuni milodiy yil hisobi bo‘yicha 2022-yil 30-iyun kuniga to‘g‘ri keladi.
Shu munosabat bilan Saudiya Arabistonida arafa kuni 2022-yil 8-iyulga to‘g‘ri keladi, haj ibodatini ado etayotgan ziyoratchilar Arafot tog‘ida jam bo‘ladilar.
9 iyul Qurbon hayiti sifatida rasman tasdiqlansa, o‘zbekistonliklar ish haftasining turidan qat’i nazar ketma-ket 4 kun dam olishadi.
Jumladan:
9 iyul – shanba, Qurbon hayiti bayrami;
10 iyul – yakshanba, dam olish kuni;
11 iyul – dushanba, prezident farmoniga muvofiq barcha xodimlar uchun dam olish kuni;
12 iyul – seshanba:
a) besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 16-iyul — shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;
b) olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.