TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 58,7 mln dozadan oshdi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 29-iyun kuni mamlakat hududlari bo‘ylab 193 556 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanilgan. Ulardan 1-bosqich – 12 303, 2-bosqich – 15 554 va 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar soni 165 699 nafarni tashkil qildi.
Hozirga qadar O‘zbekistonda jami 58 760 755 doza vaksinadan foydalanilgan. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar – 20 617 438 nafarni;
2-bosqichda emlanganlar – 16 936 214 nafarni;
3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar – 21 207 103 nafarni tashkil qilgan.
Birinchi doza bilan emlanish ko‘rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 96,1 %ni tashkil qilmoqda.
Yosh bolalarni emlash
12-18 yoshdagi emlanuvchilar uchun jami 1 651 085 doza vaksinadan foydalanilgan. Ulardan 1-bosqich emlanganlar – 890 966, 2-bosqich – 686 518 va 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar – 73 601 nafarni tashkil qilgan.
Emlash jarayonlari davom etmoqda.