TOShKENT, 30-iyun- Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy tadbirkorlari to‘qimachilik sanoatida hamkorlikni rivojlantirmoqchi. Buning uchun Pekin o‘zbekistonlik tadbirkorlarga to‘qimachilik sanoatlarida aksessuarlar va furnituralar bilan bo‘lishishga tayyorligini bildirdi, deydi “O‘ztektilsanoat” Asosiatsiyasi raisi Ilhom Haydarov.
Uzbekistan i Kitay podpisali memorandum o sotrudnichestve v tekstilnoy promishlennosti
© Sputnik
30 iyun kuni To‘qimachilik sanoati tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha ikkinchi O‘zbekiston-Xitoy forumida “O‘ztekstilsanoat” O‘zbekistondagi xitoylik tadbirkorlar assosiatsiyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
Forum ishtirokchilari O‘zbekistonda paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportni ko‘paytirish masalalarini muhokama qilishdi. Eslatib o‘tish joiz, respublika hukumati paxta hosildorligini 1 million tonnadan 1,3 million tonnaga oshirishni rejalashtirgan.
Uzbekistan i Kitay podpisali memorandum o sotrudnichestve v tekstilnoy promishlennosti
© Sputnik
Bu yangi ish o‘rinlarini yaratishni ham talab qiladi deydi forum spikerlari. Bugungi kunda tekstil sanoatida 400 ming fuqaro ish bilan ta’minlangan. Ichki qayta ishlab chiqarish darajasi esa 100% ga yetgan.
“Hozirda mamlakatda dunyo bozorida yaqori raqobatni yaratadigan 134 ta paxta klasterlari faoliyat yuritmoqda”, - deydi Ilhom Haydarov.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, yil so‘nggida to‘qimachilik sanoatidan 3 mlrd. AQSh dollaridan ortiq daromad olish kutilmoqda.
Ayni paytda 5342 ta korxona to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Korxonalarning asosiy qismi Toshkent shahrida, shuningdek, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida joylashgan (ushbu viloyatlarga jami 2223 ta korxona to‘g‘ri keladi).
O‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarining asosiy importchilari qo‘shni mamlakatlar. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil boshi holatiga ko‘ra, Rossiya to‘qimachilik importchilari orasida birinchi o‘rinni egallagan (39,4 million dollar). O‘tgan yil davomida Rossiyaning Wildberries onlayn-riteyleri 2020-yilga nisbatan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan kiyim-kechaklar savdosining 90 foizga oshganini qayd etdi. Kompaniya matbuot xizmatining Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga qiziqishda paxta sifati sabab bo‘lmoqda.
Keyingi o‘rinda Qirg‘iziston - 2022-yil yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistondan 24,1 million dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini sotib olgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni egallagan Qozog‘iston – 3,1 million dollarga to‘qimachilik mahsulotlarini sotib olgan.