TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillaridan iborat delegatsiya Volgograd viloyatiga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov va O‘zbekiston muftiysi Nuriddin Xoliqnazarovlarni Volgograd viloyati muftiysi Bata Kifah Muhammad va Volgograd viloyati muftiysi birinchi o‘rinbosari Surlan Abubakarov kutib oldi.
Uchrashuv Voljskiy shahridagi Volgograd viloyati Markaziy musulmonlar diniy idorasi huzuridagi ma’naviyat va madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Volgograd viloyati muftiysiga 2020-yilda pandemiya davrida yuzaga kelgan og‘ir vaziyatda o‘zbek xalqiga g‘amxo‘rlik qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Tashrif davomida Ibrohim domla jome masjidlarda qavmga ma’ruza qildi.
Ma’lumot uchun, Voljskiy shahridagi ma’naviyat va madaniyat markazi 2020-yilda Voljskiyga ommaviy ravishda Rossiya temir yo‘llarining Voljskiy – Toshkent maxsus reyslarida vataniga qaytishni istagan minglab o‘zbekistonliklarni qabul qilgan.