Sergelidagi ayrim mahallalar vaqtincha suv ta’minotidan uziladi

29 iyun soat 22:00 dan 30-iyun soat 12:00 ga qadar Sergelidagi 10 dan ortiq mahallada ichimlik suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Sputnik
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan qator hududlarda 29-iyun soat 22:00 dan 30-iyun soat 12:00 ga qadar ichimlik suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Sergeli tumani Qipchoq (Xonobod) ko‘chasi bo‘ylab Toshkent halqa yo‘lidan Fayzli ko‘chasigacha bo‘lgan hududda yer usti metrosi qurilish jarayonida D-300 mm va D-1000 mm tarmoqlari ko‘chirib o‘tkaziladi.
Shuning uchun, 29-iyun soat 22:00 dan 30-iyun soat 12:00 ga qadar ichimlik suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ichimlik suvi ta’minoti tumanning Ziyokor, Nomdanak, Qorasuv, Taraqqiyot, Xonobod (maktab va 17 ta ko‘pqavatli uylar), Qushbegi, Xonobodtepa (hokimiyat 1-setor shtabi, qabriston, masjid, asfalt zavod va ishlab chiqaruvchi korxonalar) Quruvchilar (maktab va bog‘cha), Daryo bo‘yi (maktab, bog‘cha, OBD qozonxona, o‘t o‘chirish bo‘linmasi, qabriston, ko‘pqavatli uylar va ishlab chiqaruvchi korxonalar) Fayzli (bog‘cha), Jaloir, Qipchoq mahallalarida to‘liq to‘xtatiladi.

Shuningdek, Sergeli tumanining Sug‘diyona va Sofdil mahallalarida ichimlik suv bosimi pasayadi.
Yangixayot tumanining Qipchoq, Yo‘ldosh, Al-Farg‘oniy, Viqor, Olchazor, Do‘stlik, Chortoq (maktab, shpris zavodi va ishlab chiqaruvchi korxonalar), Charog‘on (ko‘pqavatli uylar va bog‘cha), Toshkent mahallalarida ham ichimlik suv bosimi pasayadi.
Bundan tashqari, Yangixayot tumanidagi tug‘ruqxona, 37-sonli poliklinika, KVD, o‘likxona, Yangihayot tuman xohimiyati, doka xleb, metall zavodi, 12-avtobuslar saroyi, KNS, “Green park”, “Evrika” xususiy bog‘chasida ham ichimlik suv bosimi pasayadi.
Ichimlik suvi vaqtinchalik to‘xtatilgan manzillarda maxsus texnika yordamida ichimlik suvi yetkazib beriladi.