“Qizil kitob”ga kiritilgan yo‘rg‘a tuvaloqlar tabiatga qo‘yib yuborildi

Qoraqalpog‘istonda yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan noyob qush – yo‘rg‘a tuvaloqlardan yana 402 tasi Usturt tekisligi hududiga qo‘yib yuborildi.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyun - Sputnik. Davlat ekologiya qo‘mitasi va “Falcon hunting solutions” kompaniyasi tomonidan Ӯzbekiston "Qizil kitob"i hamda xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan noyob qush yo‘rg‘a tuvaloqlardan yana 402 tasi Usturt tekisligi hududiga qo‘yib yuborildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Qizil kitob”ga kiritilgan yo‘rg‘a tuvaloqlar tabiatga qo‘yib yuborildi

Qoraqalpog‘istonda 2017-2021 yillar oralig‘ida jami 9 491 bosh yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborilgan. Yo‘rg‘a tuvaloqlar 2 009-yilda O‘zbekiston "Qizil kitobi"ga noyob tur sifatida kiritilgan.

Yo‘rg‘a tuvaloq asosan Qizilqum cho‘lida, O‘zbekistondan tashqarida Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Kavkaz orti, Misr, G‘arbiy Osiyo, Mo‘g‘ulistonda uyalaydi.
Cho‘llarga bahorga yaqin uchib keladi. Har biri 2, 3 donadan tuxum qo‘yadi va 21, 25 kun davomida bosib yotadi. Polaponlari iyun-iyul oylarida ucha boshlaydi.
“Qizil kitob”ga kiritilgan yo‘rg‘a tuvaloqlar tabiatga qo‘yib yuborildi
Ayni paytda O‘zbekistonda bu noyob qushlarni maxsus pitomniklarda ko‘paytirib, tabiat bag‘riga qo‘yib yuborish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.