Para yengil atletika: Tunis Gran-Prisi O‘zbekiston uchun 3 ta kumush medal bilan boshlandi

Dastlabki kungi bahslarda o‘zbekistonlik sportchilar sovrindorlar safidan joy olishdi.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Tunis Gran-Prisi o‘zbekistonlik vakillar uchun omadli boshlandi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Tunis davlatida para yengil atletika bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolarini beruvchi xalqaro Gran-Pri musobaqasi boshlandi.
Dastlabki kungi bahslarda o‘zbekistonlik sportchilar sovrindorlar safidan joy olishdi.
Jumladan, erkaklar o‘rtasida T46/47 klassida balandlikka sakrash bahslarida Omadbek Hasanov 1,88 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Sportchi erkaklar o‘rtasida T46/47 klassida uzunlikka sakrash bahslarida ham shohsupaga ko‘tarildi. Omadbek 6,51 metr natija bilan bu safar ham kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, F35/36 klassida yadro uloqtirish bahslarida Husniddin Norbekov 15,49 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi hozircha Gran-Pri musobaqasida o‘z hisobiga 3 ta kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.