Urolog va zamonaviy tibbiyot klinikasi bosh shifokori Nikolay Zaxarchenko "360" telekanaliga bergan intervyuda qandli diabet bilan kasallangan kishilar tarvuzni meyordan ortiq iste’mol qilmasliklari kerak, deb aytdi.
“Tarvuz yeyish shishlar bilan og‘rigan kishilar uchun foydali bo‘lmaydi. Shundoq ham ko‘p miqdorda suyuqlik to‘planadi, tarvuz iste’mol qilish - bu yana qo‘shimcha suyuqlik", - deya tushuntiradi Zaxarchenko.
Shifokor agar shish paydo bo‘lsa, terapevtga murojaat qilishni maslahat berdi, chunki bu muammo yurak yetishmovchiligi yoki buyrak patologiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Zaxarchenko qizil, yaxshi pishgan tarvuzlarni iste’mol qilishni tavsiya qiladi, chunki ularda buyrakda tosh paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladigan moddalar mavjud bo‘lib, uni tozalashga yordam beradi.