Ayrim fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari uchun qo‘shimcha to‘lov to‘lab berildi

28 iyun holatiga ko‘ra 3 722 nafar shaxsga qo‘shimcha to‘lovlar amalga oshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan 3722 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari uchun qo‘shimcha to‘lov to‘landi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.
Aytilishicha, Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan 3 758 nafar fuqaroga to‘lov qaydnomalari shakillantirildi.
28 iyun holatiga ko‘ra 3 722 nafar shaxsga to‘lovlar amalga oshirildi.
Vaqtincha uyida yo‘qligi sababli to‘lanmasdan qaytarilgan 36 nafar fuqarolarga qo‘shimcha to‘lov mablag‘lari iyul oyi to‘lovlariga qo‘shib yetkaziladi.
Ma’lumot uchun, qo‘shimcha to‘lov bepul yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlari, kiyim-kechak va poyabzallar o‘rniga to‘lab beriladi.