TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Ayrim toifadagi davlat xizmatchilari moslashuvchan ish rejimiga o‘tishi mumkin. Bu borada Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi fuqarolarning fikrini bilish uchun so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Agentlik ayni kunlarda davlat xizmatchilarining ish vaqti masalasini tadqiq qilmoqda. Aytilishicha, bu borada xorijiy amaliyotda o‘zini oqlagan tajribalar ham o‘rganilmoqda.
“So‘rovnomada ish rejimiga oid muhim savollar o‘rin olgan va u tizimni yanada takomillashtirish, davlat xizmati jozibadorligini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda”, - deyiladi xabarda.
So‘rovnoma anonim o‘tkaziladi. Unda davlat xizmatchilari va xususiy sektorda faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etishi mumkin.