TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Eron va Argentina tez rivojlanayotgan yirik davlatlar tashkilotiga kirish uchun ariza topshirdi.Bu haqida Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
Argentina prezidenti Alberto Fernandes ham mamlakatning assotsiatsiyaga kirish istagi borligini ma’lum qildi.
"Biz ushbu davlatlar guruhining to‘liq a’zosi bo‘lishga intilamiz <...> Biz xavfsiz va mas’uliyatli oziq-ovqat yetkazib beruvchimiz hamda amaliy biotexnologiya va logistika sohasida tan olingan davlatmiz", - dedi u 24-iyun kuni.
O‘tgan hafta Eron prezidenti Ibrohim Raisi Xitoy rahbari Si Szinpin taklifiga binoan BRIKS+ onlayn sammitida nutq so‘zlagan edi.
Uning ta’kidlashicha, "Eronning geosiyosiy va geoiqtisodiy pozitsiyasi uni BRIKS uchun barqaror va ishonchli hamkorga aylantirishi mumkin".
Rossiyalik senator Aleksey Pushkov kelajakda BRICS g‘arbdan tashqaridagi dunyoning etakchi davlatlarini birlashtirgani uchun muqobil va hatto G7ga qarshi kurashga aylanishi mumkin, deb hisoblaydi.
Ma’lumot uchun, BRICS Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi hududida dunyo aholisining 40% yashaydi. Mutaxassislarning fikricha, BRICS iqtisodiy salohiyati ishtirokchi mamlakatlarga 2050-yilga kelib dominant iqtisodiy tizim bo‘lishiga imkon beradi.
Eslatib o‘tamiz, BRICSning Xitoyda bo‘lib o‘tgan ittifoqning o‘n to‘rtinchi sammiti yakunida Pekin deklaratsiyasini qabul qilgan edi.
Undan tashqari, sammit bilan bilan bir vaqtda Argentina, Indoneziya, Jazoir, Malayziya, Misr, Eron, Qozog‘iston va O‘zbekiston ishtirokida “BRIKS plyus” formatidagi Global rivojlanish masalalari bo‘yicha yuqori darajali onlayn muloqot ham tashkil qilingan edi. Unda XXR raisi Si Szinpinning taklifiga binoan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham nutq so‘zlagan edi.