Bu qiziq

Uyasidan chiqqan qizil sug‘urlar fotoqopqonga tushdi

Ushbu jonivorlar O‘zbekistonning Ugom, Pskom, Chotqol va Hisor tog‘ tizmalarida uchraydi.
Sputnik
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Qishqi uyudan bahorda chiqqan qizil sug‘urlar "Hisor" davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqon kamera obyektiga muhrlandi.
Qizil sug‘urlar qo‘riqxonaning G‘ilon, Miraki, Tanxozdaryo, Qizilsuv bo‘limlarida uchraydi. Aytilishicha, qo‘riqxona hududida ularning soni taxminan 4320taga yetadi.
Ular shuningdek, Tan-Shan, Pomir, Hindukush, Kashmir tog‘larining alp ekotizimlarida, O‘zbekistonning esa ikkita hududida, ya’ni Ugom, Pskom, Chotqol va Hisor tog‘ tizmalarida uchraydi.
Qizil sug‘ur Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil ro‘yxatiga eng kamob tur sifatiga kiritilgan.
Bu jonivor, odatda, o‘t-o‘lanlar, boshoqli o‘simliklar, ba’zan chuvalchang, mollyuska va hasharotlar bilan oziqlanadi.
Qishda uyquga kirib, bahorda uyasidan chiqadi. Dengiz sathidan 1600 dan 3500-4000 m gacha balandlikda bo‘lgan har xil turdagi relyefli tog‘ yonbag‘irlarida hamda toshqoyalarning etaklarida yashaydi.
Qizil sug‘ur Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan qat’iy muhofazaga olingan.