TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda transport vositalari oynalarini tonirovka qilish narxi tushishi kutilmoqda, deb yozmoqda mahalliy OAVlar.
Hukumatdagi manbalarning Repost.uz’ga ma’lum qilishicha, hujjat kelishuv bosqichida.
Hujjat loyihasiga ko‘ra:
- orqa va old oyna tonirovkasi — BHMning 15 baravari miqdorida (4,5 mln so‘m);
- orqa yon oynalar tonirovkasi — BHMning 1 baravari miqdorida (300 ming so‘m).
Hozirda "tonirovka" narxlari quyidagicha:
- to‘liq - 50 BHM (15 mln. so‘m);- orqa yon oynalar - 5 BHM (1,5 mln. so‘m).
Bundan avval Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov kunlar tobora isib borayotgani sabab mashinalar oynasini qoraytirishni bepul qilib qo‘yish taklifi bilan chiqqandi.