TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. 2023 yildan boshlab “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun bosh milliy mukofot sifatida – avtomobil qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 27-iyun kuni imzolagan qarorida belgilangan.
Qarorga muvofiq, 2023-yildan “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindorlari:
bosh milliy mukofot uchun – avtomobil;
1-o‘rin uchun – BHMning 200 baravari (60 mln so‘m);
2-o‘rin uchun – BHMning 175 baravari (52 mln 500 ming so‘m);
3-o‘rin uchun – BHMning 150 baravari (45 mln so‘m);
12 ta rag‘batlantiruvchi nominatsiyaning har biri uchun – BHMning 100 baravari (30 mln so‘m) miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
“Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar “Ilhom” jamoat fondi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.