G‘arbiy olam yetakchilari ishtirok etayotgan sammitlar davom etadi Bavariyadan “Katta yettilik” Madridga - NATO sammitiga ko‘chmoqda.
Bundan tashqari, birinchi marotaba unda to‘liq tarkibda: hattoki ular bilan birgalikda Atlantika paktiga a’zo bo‘lmagan Yaponiyaning bosh vaziri ham qatnashmoqda. Kisida sammitda mehmon sifatida ishtirok etadi. Biroq, Ispaniya poytaxtida NATOning doktrina hujjatlarida Xitoy tahdidi haqida birinchi marotaba so‘z ketar ekan, Tinch okeanidan tashrif buyurgan mehmon unda o‘zini teng huquqli sherik sifatida ham his qilishi mumkin. Ikki uchrashuvda ham asosiy e’tibor Rossiya va Putinga - ya’ni ularning “G‘arbga qilayotgan tahdidi”ga javob berishga qaratilgan.
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans tezkor harakat kuchlarining 40 ming kishidan 300 ming kishiga oshirish, jumladan, Sharqiy Yevropa, xususan, Boltiqbo‘yida qo‘shinlar to‘plash to‘g‘risida qaror qabul qilganini allaqachon e’lon qilgan edi. Anlantikachilar Rossiya bilan Ukrainada urushmoqchimi yoki o‘z hududlarida hammi?
Yo‘q, ular “shunchaki ko‘rsatishapti” ya’ni o‘z qudratini namoyish etishapti. Boz ustiga bu uchun barcha qulay vaziyatlardan foydalanishmoqda-xuddi “Yettilik”ning Elmardagi uchrashuvi boshida Boris Jonson “Putindan kuchliroq ekanlilarini” ko‘rsatib qo‘yish uchun pidjaklarni yechib o‘tirishni taklif qilgan, Trudo esa ustki kiyimsiz otda sayr qilishni ko‘rsatishni aytib hazil qildi. O‘zaro mayda hazil uchun mavzu bo‘lgan - Putinning ustki kiyimsiz ot choptirib tushgan suratlari - Rossiyada emas, aynan G‘arbda negativ qabul qilinadi. Bu mustaqil bo‘lmagan g‘arbiy siyosiy menedjerlarning erkin inson oldida his qilgan o‘zidan koniqmaslik kompleksimi?
Umuman olganda, Elmardagi barcha sammitlar “mushaklarni ko‘z-ko‘z” qilish namoyishlariga xos tarzda boshlandi. Buni Bayden va Sholsning G‘arbning birlashganidan naqadar xursand ekanligini e’tirof etishidan boshlangan edi. Axir Putin Ukrainadagi maxsus operatsiya “Yettilik” va NATOga zarar keltirishini aytgan ediku. Kelib chiqaptiki, yevropaliklarning cheklangan suvereniteti haqida uzoq yillardan buyon gapirib kelayotgan prezident shunday sodda umidlar bag‘ishlaganmi? Hech nimadan axir bir-birini ahillik uchun maqtab qo‘ymasa ham bo‘lmaydida.
Ammo bu birlik bilan endi nima qilish kerakligi, ma’lum emas: NATOning Yevropadagi kontingentini kengaytirishmi, Kiyevga yana biroz pul, qurol berishmi? Yoki Yevrokengash raisi Sharl Mishel yozganidek, “Kreml Ukrainada mag‘lub bo‘lishi kerak” degan so‘zga ishonishmi? Biroq, Kreml o‘z xalqidan boshqa hech kimdan hech narsa qarzdor emas va G7 “qudratli ahilligi” ukrain xalqi bilan birdamlik belgisi . Pul, qurol va siyosiy qo‘llab-quvvatlov. Xuddi o‘sha Mishel yozganidek, hamma Zelenskiy va Ukraina uchun safarbar etilgan bo‘lsa, Putin va Rossiyani ham hech kim Ukraina yo‘nalishida ko‘zlagan maqsadlaridan qaytara olmaydi. G‘arb keyinroq ham o‘zini bunga yo‘l qo‘ymaslikka qodirdek tutishi, Rossiyaning “qochib-qutula olmaydigan” mag‘lubiyati haqida gapirishi mumkin. Biroq, keyin o‘z mag‘lubiyatini tan olish shu qadar qiyin bo‘ladi.
Bu esa -ertami yoki kech albatta sodir bo‘ladi. Bundan tashqari o‘zlari Gitler deb e’lon qilgan Putin bilan ham qandaydir qilib muloqotga kirishishga to‘g‘ri keladi. Va o‘z fuqarolariga “harbiy jinoyatchi” bilan muloqot qilish imkoniyati qanday qilib to‘satdan paydo bo‘lganini izohlab berish ham. Putinga nisbatan anglo-saksonlar o‘zlarini ko‘proq mulozamatsiz tutimshoqda (polyaklar va boltiqliklarni hisobga olmaymiz, shundoq ham ularda “Putinni uchratish” xavfi yo‘q), AQSh, Buyuk Britaniya va Kanada Rossiya mag‘lubiyatiga asosiy stavkani qo‘yishgan. Bu hatto NATO nazarlariga ham sig‘maydi. Bu paytda esa iks vaqti faqat Ukraina frontiga kelayotgani yo‘q. G20 sammitiga - uch yil deganda dunyo liderlarining yuzma-yuz uchrashuviga ham besh oydan kam vaqt qoldi.
Ular noyabr oyi o‘rtalarida Balida yig‘ilishadi. Va bunda hech qanday koronavirus yigirma mamlakatning barcha liderlarining uchrashuvda ishtirok etolmasligiga sabab bo‘lolmaydi.
Bahor boshida Vashington va London Indoneziya Prezidenti Vidododan Rossiya prezidentini taklif qilmaslikni so‘rashga urinib ko‘rishdi. Natijada: hech kim “Yigirmatalik”dan chiqmasligi kerak degan javob oldi. To‘g‘ri, Indoneziya Zelenskiyni taklif qilishga rozi bo‘ldi - sammitning ikkinchi kuni - mamlakat yetakchilari-forum mehmonlarining uchrashuvi bo‘ladi. Bu vaqtga kelib Zelenskiy prezident bo‘lib qoladimi, Ukrainadan nima qoladi- bu katta savol. Putinku keladikuya ammo anglo-saksonlar bu holatda nima qiladi? Bayden, Jonson, Trudo, Avstraliyaning yangi bosh vaziri Albanezelar? O‘z noroziligini ko‘rsatish uchun kelmaslikmi? Yo‘q, ish bermaydi. Hatto “Yettilik”dagi o‘z hamkorlarini Putinni taklif qilmaslikka ko‘ndira olishmaganida ham shunday bo‘lgan edi.
Bu bahorda, “Katta yigirmatalik” tadbirlaridan birida, moliya vazirlari yig‘ilishida, Rossiya vaziri Siluanovning nutqi paytida zalni faqat AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada va Fransiya vakillari tark etganida aniq bo‘ldi. Oxirgisi aniq o‘z tashabbusi bilan chiqqan, chunki prezident Makron doim “Rossiya bilan muloqot qilish” zarurligini eslatib turadi. Endi esa “Yigirmatalik”da Rossiyani boykot qilish atrofidagi o‘yinlar butunlay yakunlandi – “Yettitalik” sammitidan so‘ng barcha G‘arb davlatlari oxirgi qarorga keldi: Baliga borish kerak.
Avvalroq, Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen G20 sammitini boykot qilishga Vladimir Putinning ishtirok etishi sababiga qarshi ekanligini aytdi:
“Biz butun G20ni falaj qilib qo‘ymayapmizmi? buni juda ehtiyotkorlik bilan o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Shuning uchun men qo‘llab-quvvatlamayman. Menimcha, G20 rivojlanayotgan mamlakatlar uchun juda ahamiyatli, biz Putinga bu tashkilotni yana yo‘q qilishga ruxsat berishimiz kerakmi”.
Hammasi odatdagidek: sanksiyalarni G‘arb qo‘llaydi, ammo narxlar oshishida Putin aybdor, “Yigirmatalik”ka g‘arbiy mamlakatlar kelishni istamayotgan edi, biroq Putin buni ham chippakka chiqardi. Yechim bor- “Putinning o‘zi va harakatlari haqida nimani o‘ylayotgan bo‘lsak, uning yuziga aytish uchun ham borish”:
“Aniq ravshanki, har doimgidek, hech qanday biznes yo‘q ya’ni normallik bo‘lmaydi”.
G‘arb o‘z qo‘llari bilan nafaqat Rossiya bilan aloqalarini, balki o‘z iqtisodiyotin halok qilayotganda qanday normallik bo‘lishi mumkin? Noyabr o‘rtasiga kelib energtashuvchilar uchun narx oshishi oqibatlari yanada seziladi va albatta bu Putinga yangi sanksiyalar, masalan gazni to‘liq yetkazib bermaslik (uni o‘zlari rad etishgan edi) bilan tahdid qilishning ayti payti bo‘ladi.
O‘z vatandoshini kansler Olaf Shols qo‘llab-quvavatladi. Uning aytishicha: “G20 o‘z rolini o‘ynashda davom etishi kerak. Bunga hamma qo‘shiladi. Va aynan shuning uchun fon der Lyayen bildirib o‘tganidek, bir umumiy ishonch borki, biz G20 ni torpedo qilishni istamaymiz”. Aftidan, “Yettilik”da Baliga borishni kollektiv hal qilishgan, garchi u yerda o‘zini qanday tutish kerakligi aniq bo‘lmasa ham, jumladan Shols ham bilmaydi. Undan Putin bilan bitta stolga o‘tirishini so‘rashganda (ya’ni “Yigirmatalik”ning umumiy yig‘ilishi nazarda tutilyapti), kansler aniq javob bermadi:
“Biz ketishga oz kam qolganda qaror qilamiz, chunki u vaqtga kelib dunyodagi vaziyat juda o‘zgarishi mumkin”.
Shubha yo‘qki, dunyodagi vaziyat yaqin oylarda chindan ham o‘zgaradi, ammo u yil boshida qanday bo‘lgan bo‘lsa, shunday bo‘lmaydi. Faqat bir narsa o‘zgarmaydiki, shu ham Rossiyaning manfaatlari, va uni Vladimir Putin himoya qilmoqda. Balida anglo-saksonlar istagandek “tarix sudida sudlanuvchi” sifatida emas, balki balki yakkalash va mag‘lub bo‘lish imkonsiz bo‘lgan derjavaning lideri sifatida manfaatlarini bildiradi. Va uning yuziga “nimalarni his qilayotganini aytishni istaganlar” G‘arb yoqmaydigan javobni eshitishga tayyor turishlari kerak.
“Putindan kuchliroq” bo‘lishga ham urinish kerak emas- baribir o‘xshamaydi.