TOShKENT, 28-iyun — Sputnik.May oyi uchun 509 781 nafar iste’molchiga 53,8 mlrd so‘m keshbek to‘landi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Yil boshidan buyon 673 597 nafar fuqaroga 180,5 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi.
Tasdiqlangan keshbek summasini bank plastik kartalariga o‘tkazib olish mumkin.
Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida – yanvar-aprel oylari uchun yana 1,8 mlrd so‘m keshbek tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, may oyida masofaviy elektron to‘lovlar uchun ham xaridlardan 1 foiz miqdorida keshbek to‘lanishini xabar qilgandi. Bu to‘lov tizimlari orqali to‘lovlarni amalga oshirishda QR-kodli chek hosil bo‘ladi. Agar iste’molchi keshbek tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, xarid summasining 1 foizi “Soliq” mobil ilovasining shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda aks ettiriladi.