Dushanbeda Putin va Rahmon muzokaralari boshlandi

Dushanbeda Putin va Tojikiston prezidenti Rahmon muzokaralari boshlandi.
Sputnik
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Vladimir Putin Dushanbeda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazmoqda.
Rossiya yetakchisining xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, prezidentlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalar, shuningdek, harbiy-texnik hamkorlikni muhokama qiladilar. Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratadilar.
Putin va Rahmon, shuningdek, mintaqaviy kun tartibidagi boshqa dolzarb mavzular, jumladan, Tojikistonning YeOIIga qo‘shilish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.
Bu ikki davlat rahbarlarining joriy yildagi ikkinchi shaxsan uchrashuvidir – avvalroq ular 16-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan KXShT yubiley sammitida ishtirok etgan edi. Bundan tashqari, Putin va Rahmon yanvar oyidan beri olti marta telefon orqali gaplashgan.
Ertaga Rossiya prezidentining Kaspiy sammiti bo‘lib o‘tadigan Ashxobodga borishi ko‘zda tutilmoqda.