DTM: abituriyent kiritgan ma’lumotlarini 20-iyulgacha tahrirlashi mumkin

Abituriyentlarning onlayn ro‘yxatdan o‘tishi bilan bog‘liq masalalarga izoh berildi.
Sputnik
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev abituriyentlarning onlayn ro‘yxatdan o‘tishi bilan bog‘liq masalalarga izoh berdi.
Abituriyent my.dtm.uz yoki my.gov.uz saytlari orqali test sinovini topshirishda o‘ziga ma’qul hudud, fanlar majmuasi va fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlaydi;
- agar abituriyentning imtiyozi bo‘lsa, u imtiyozlar bo‘limida avtomatik ravishda chiqadi (agar chiqmasa, abituriyentga imtiyozni taqdim etgan vazirlik va idoraga murojaat qilishi kerak);
- chet tillari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar abituriyent tomonidan qo‘lda kiritiladi. Ushbu ma’lumotlar tekshiriladi;
- abituriyent kiritgan ma’lumotlarini 20-iyulgacha tahrirlashi mumkin (masalan, ta’lim yo‘nalishini o‘zgartirish, shu vaqtda chet tilidan sertifikat olsa, uni kiritish, test sinovi topshirish hududini o‘zgartirishi mumkin).