TOShKENT, 28-iyun – Sputnik. So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda koronavirusning yana tarqalayotgani haqida turli mazmundagi xabarlar paydo bo‘lmoqda. Sputnik muxbiri mazkur holat yuzasidan Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i Rustam Ikromov bilan suhbatlashdi.
Mutaxassis aytishiga ko‘ra koronavirusga chalinayotganlar soni oshmoqda, lekin hozircha niqob taqish brasida hech kim tavsi\ bergani y
“Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, haqiqatan kunlik kasallanayotganlar soni ko‘payib borapti. Koronavirus pandemiyasiga qarshi choralarni davom ettirish va mutatsiyaga uchragan koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish maqsadida, ko‘plab chora-tadbirlar olib borilmoqda”, - deydi Ikromov.
- Ushbu vaziyatda aholi yana tibbiy niqob taqib yurishga majbur bo‘ladimi?
"Hozircha jamoat joylarida tibbiy niqob taqib yurish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyaning qarori kelmadi, biroq sog‘liqni saqlash va ehtiyotkorlik yuzasidan tibbiy niqoblarni taqib yurishni maslahat beramiz", - deydi Rustam Ikromov.
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, ayni damda koronavirusning omikron shtammi ko‘proq uchramoqda. Kasallikka chalinayotganlar orasida 90% - emlanmagan fuqarolar. Qolgani 10% - esa vaksina olganiga 1-yildan ko‘p bo‘lgan, immuniteti past fuqarolar yoki homilador ayollar va bolalardir.
“Shuni ma’lum qilamizki, xozirga qadar ro‘yxatga olingan barcha vaksinalar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda va shu munosabat bilan mamlakatimizda aynan shu vaksinalardan foydalanish davom ettiriladi”, - deydi Ikromov.
Ma’lumot uchun, Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, 2022-yil 27-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 240569 (+91) nafarni tashkil etgan. Mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 181 055 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Birinchi doza bilan emlanish ko‘rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 96 foizga yetgan.