TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroportida yuk aravachalari bilan bog‘liq muammo hal etilmoqda, deb xabar qildi “Uzbekistan Airports” boshqaruv kompaniyasi.
Xabarga ko‘ra, bu vaziyat aeroportni bagaj aravachalari bilan ta’minlab kelgan “Abadiya Trade” kompaniyasi tomonidan shartnomaning bir tomonlama bekor qilinishi munosabati bilan yuzaga keldi.
Ayni paytda Uzbekistan Airports Handling kompaniyasi Toshkent xalqaro aeroporti uchun yangi yuk aravalar xarid qilish orqali muammoni hal qilish choralarini ko‘rmoqda.
Yaqin kunlarda 1000 ta yangi yuk aravalari yetkazib berilishi kutilmoqda. Unga qadar aeroport xodimlari yo‘lovchilarga, ayniqsa ayollar va yoshi katta yo‘lovchilarga og‘ir yuklarni tashishda yordam berishadi.