TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Bugun, 27-iyun kuni jurnalist, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari Farhod Mahmudov 49 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Farhod Mahmudov 1973-yil Toshkent viloyati Chinoz tumanida tug‘ilgan. U 1996-yil Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — jurnalist.
U 2008-yil “Mehnat shuhrati” ordeni, 2018-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Farhod Mahmudov 1995-yildan buyon O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida turli lavozimlarda, prezident adminstratsiyasida faoliyat ko‘rsatgan.