TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Endilikda franshizing shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish DXM yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.
Hukumatning 346-sonli qarori bilan franshizing shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi belgilandi.
Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun BHMning uchdan bir qismi miqdorida yig‘im undiriladi.
Quyidagi hollarda yig‘im to‘lanmaydi:
sud hujjati asosida franshizing shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazishda;
ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha hujjatlar qaytadan ko‘rib chiqilganda.
Ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchi 3 oyda kamchiliklarni bartaraf qilib yig‘im to‘lamasdan, qayta murojaat qilishi mumkin.