TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainadagi maxsus operatsiyada ishtirok etayotgan Rossiya qo‘shinlari guruhini tekshiruvdan o‘tkazdi.
“Rossiya qo‘mondonlik punktlarida armiya generali Sergey Shoygu qo‘mondonlarning Rossiya Qurolli kuchlarining asosiy operativ hududlardagi hozirgi holati va harakatlari to‘g‘risidagi hisobotlarini tingladi”, — deyilgan vazirlik xabarida.
Vazirlikda ta’kidlanganidek, Shoygu harbiy xizmatchilarni vaqtincha joylashtirish punktlarida jangovar harakatlar va yashash sharoitlari masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, Sergey Shoygu “jangovar topshiriqlarni bajarishda qahramonlik va fidoyilik ko‘rsatgan” jangchilarga Rossiya Qahramoni “Oltin yulduz” medallari va “Jasorat” ordenlarini topshirdi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba bermoqda. 25-martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini ta’kidlagan.