TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Bugun -87 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Nikita Rafalovich oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Nikita finalda Iordaniya vakili Fahed Sbeyhini yengdi.
Ayollar o‘rtasida +73 kg vazn toifasida ishtirok etgan Svetlana Osipova bronza medali bilan cheklandi.
Rafalovichning g‘alabasidan keyin O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining oltin medallari soni 3taga ( Ulug‘bek Rashidov va Jasur Jaysunov) yetdi. Bu orqali O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Janubiy Koreyani ortda qoldirib, umumjamoa hisobida birinchi o‘ringa chiqib oldi.