Doktor Mixail Masnyankin saraton rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar haqida gapirdi. RIA Novosti.
Shifokor kungaboqar yog‘ida go‘shtni qovurish natijasida kanserogenlar paydo bo‘lishini ta’kidladi, ayniqsa yog‘ni qayta ishlatilganda.
"Organizmda tarkibida ko‘p miqdordagi yog‘, kaloriya, shakar bo‘lgan mahsulotlar bo‘lmasligi kerak. Bu mahsulotlar patologiyalarni keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun organizm saraton bilan normal kurasha olmaydi", - deb tushuntirdi Masnyankin.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, kanserogen yoki mineral o‘g‘itlar bilan ifloslangan mahsulotlarning inson salomatligiga zararli ta’siri ko‘rsatadi.
"Kanserogen kabi ta’sir qiluvchi, ayniqsa jigar o‘smasi paydo bo‘lishiga olib keluvchi - spirtli ichimliklardan voz kechish zarur", - deydi onkolog.
Masnyankin ovqatlanish ratsioniga ko‘proq ko‘kat, meva va sabzavotlarni kiritishni tavsiya qildi.