Parhezshunos-shifokor Mixail Ginzburg "Rossiya-1" telekanali efirida ichaklar mikroflorasini yaxshilaydigan mahsulotlarni aytdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ichaklar tozalanishi uchun to‘g‘ri ovqatlanish muhim, eng foydali mahsulotlardan biri - bu qora olxo‘ri.
"Uning tarkibida juda ko‘p miqdordagi oziq-ovqat tolasi bor ... U shuningdek shish paydo bo‘lishini oldini oladi ... kuniga 100-150 gramm yeyish mumkin. Unda shakar juda ko‘p va, albatta, meyoridan ortiq qora olxo‘ri iste’mol qilmaslik kerak", - deydi doktor.
Bundan tashqari, mutaxassis oziq-ovqat tolasiga boy bo‘lgan suli yormasidan tayyorlanadigan bo‘tqa ichaklarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
"Suli juda mazali va foydali. U qonning lipid tarkibini yaxshilaydi. Bu sog‘lom ovqatlanish, kuniga bir porsiya yeyishni maslahat beraman", - deydi Ginsburg.
Shuningdek, mutaxassis lavlagini ham foydali oziq-ovqat ro‘yxatiga kiritdi.
"Oziq-ovqat tolasi va pektinlar. Lavlagi organizmdagi ortiqcha suyuqlikni chiqarib tashlaydi, qon bosimini yaxshilaydi va qon tomirlarini elastik qiladi", - dedi u.
Shifokor lavlagi sharbatini ichishni maslahat berdi.