TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. O‘zbekiston Turizmning yangi turi paydo bo‘lmoqda. Toshkent va boshqa viloyatlarda odamlar o‘z uyida kichik mehmonxonalar ochib, sayyohlarni qabul qilishmoqda. Bu ham qo‘shimcha daromad, ham ish o‘rinlari yaratishga yordam beradi.
Oilaviy mehmon uylari tashkil etilishi natijasida ko‘pchilik o‘z uyida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, daromad topish, shuningdek, bandligini ta’minlash, turizmni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Ayni paytda Toshkent viloyatida 800 dan ortiq mehmon uyi mavjud. Ayni paytda Parkent tumanida 56 ta mehmon uyi faoliyat yuritmoqda.
Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.