TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. Teledoktor Aleksandr Masnikov “Rossiya 1” telekanali efirida qaysi preparatlar yurakka salbiy ta’sir qilishini ma’lum qildi.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, aritmiyaga qarshi qabul qilinadigan preparatlar yurakka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin ekan.
“Noto‘g‘ri “doza”da preparatlarni qabul qilish juda xavfli. Agar aritmiya unchalik ko‘p noqulayliklar tug‘dirmasa, shifokor preparat tavsiya qilmaslikka harakat qiladi. Bu sinus ritmini normal holatda saqlashga urinishdir. Bunday holatda medikamentlar iste’mol qilish yurak uchun zararli bo‘lishi mumkin”, - Masnikov.