TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyun kunidan "Xalq so‘zi" va "Narodnoe slovo" gazetalarida umumxalq muhokamasiga qo‘yiladi.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasi uchun 25-iyun kuni "Xalq so‘zi" va "Narodnoe slovo" gazetalarida hamda Meningkonstitutsiyam.uz elektron platformasida e’lon qilinadi, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflarni 1341 qisqa raqami, taklif@meningkonstitutsiyam.uz va taklif@2022.uz elektron pochta manzillari orqali yoki bevosita Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun, "Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to‘g‘risida"gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq O‘zbekistonda qabul qilinayotgan har qanday yangi qonun umumxalq muhokamasiga qo‘yilishi kerak.