TOShKENT, 23-iyun - Sputnik. Bugun, 23-iyun kuni soat 7:00 dan soat 20:00 ga qadar Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yashnaobod tumani elektr energiyasidan uzildi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu yangi tayanch ustunlarni o‘rnatish ishlari bilan bog‘liq.
Shu sabab Eron Respublikasi elchixonasi, Ko‘r-soqovlar maktab internati, Tuman jinoyat sudi, Qon quyish instituti, Diognostika markazi, Botkina ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish obyektlarining elektr energiyasi soat 07:00 dan 20:00 qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli tumandagi ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi”Yu deyiladi xabarda.