TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Toyloq olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejining 9-sinf o‘quvchisi Shahzod Ro‘zioxunov Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahri erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha o‘smirlar (U 17) hamda yoshlar (U 23) o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
“45 kg vazn toifasidagi yunon-rum kurashchisi hal qiluvchi final uchrashuvida eronlik Farzad Balutakini so‘nggi usul evaziga mag‘lub etib, oltin medalga ega chiqdi”, deyiladi xabarda.
Valijon Jonxo‘rozov va Farrux Usmonovning shogirdi hisoblangan Shahzod finalga qadar Janubiy koreyalik Xan Ujin (8-0), yaponiyalik Tayga Kishida (6-0), qozog‘istonlik Shingizxan Abdixalimov (3-2)ni mag‘lub eta oldi.
Faqat uchinchi davrada finaldagi eronlik raqibiga yutqazib qo‘ygandi. Lekin, oltin medal uchun kechgan bellashuvda yuqori natija ko‘rsata oldi.