Bu qiziq

Olimlar umrni uzaytirishning eng oddiy usulini ma’lum qilishdi

To‘yimli kechgi ovqatdan voz kechish bilan umrni 35%ga uzaytirish mumkin - OAV.
Sputnik
To‘yimli kechgi ovqatdan voz kechish va kam kaloriyali ovqatlanish umrni uzaytirish mumkin. Bu haqida Science jurnaliga tayanib Express nashri xabar beradi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ovqatlanish tartibini aniqlashtirmoq lozim. Ya’ni, bunda nonushta va tushlik ancha to‘yimli, kechgi taom porsiyasi esa kamroq bo‘lishi kerak. Shuningdek, avvalgi tartibdan ancha oldinroq ovqatlanish kerak. Taomlanish vaqtining o‘zgarishi yosh o‘tgan sayin yallig‘lanish jarayonlarini oldini olishi mumkin, deydi shifokorlar.
“Kaloriya cheklash ham umrni uzaytiradi, ammo buning qanday ta’sir qilish mexanizmlari yaxshi o‘rganilmagan”, - deyiladi tadqiqot xulosasida.
Shuningdek, olimlarning ta’kidlashicha, yuqorida keltirilgan usullar tana vazniga bog‘liq emas.