Haj ziyoratchilari uchun yangi mobil ilova ishga tushdi

“Haj qo‘llanmasi” mobil ilovasida haj ziyorati odoblari, uning farz amallarini bajarish tartib-qoidalari bayon etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 23-iyun - Sputnik. Haj safari ziyoratchilari uchun “Haj qo‘llanmasi” mobil ilovasi ishlab chiqildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha,ilovada haj ziyorati odoblari, uning farz amallarini bajarish tartib-qoidalari, duolar, Saudiya Arabistonida joriy etilgan yangi tartib-qoidalar, aeroport, mehmonxonalarda nimalarga e’tiborli bo‘lish kerakligi kabi masalalar batafsil bayon etilgan.
Ilova quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan:
· “Haj qo‘llanmasi”
· “Haj duolari”
· “Safarga tayyorgarlik”
· “Islom tarixiga oid joylar”
“Haj qo‘llanmasi” mobil ilovasini GooglePlay yoki AppStore orqali yuklab olish mumkin.