Toshkentda Urush qurbonlari xotirasi yod olindi – video

Ulug‘ Vatan urushida O‘zbekistonning 1,9 milliondan ortiq aholisi qatnashgan va ularning 540 mingdan ortig‘i qurbon bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekiston poytaxti aholisi bugun tongda “Birodarlik qabristoni” yodgorlik majmuasidagi Mangu alangaga gullar olib kelishdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
1941 yil 22-iyun kuni fashistlar Germaniyasi urush e’lon qilmasdan Sobiq Ittifoq hududiga bostirib kirgan, millionlab sovet odamlari qurbon bo‘lgan Ulug‘ Vatan urushi boshlangan edi. Shu saba ushbu kunda Urush qurbonlarini xotirasi yod olinadi.
Bugungi marosimda Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov, Toshkentdagi Rus uyi rahbari Mixail Vojdayev, respublika rasmiylari, xorijiy diplomatlar, jamoatchilik vakillari, yoshlar, jurnalistlar ham keldi. Ular Mangu olov yoniga gul qo‘ydi va Ulug‘ Vatan urushi qurbonlarining xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Kecha kechasi “Birodarlik qabristoni” yodgorlik majmuasi hududida “Xotira shami” aksiyasi bo‘lib o‘tgan edi. Unga bir necha yuz kishi tashrif buyurdi.
Ishtirokchilar shamlardan “1941 yil 22-iyun”, “Eslab qolamiz” yozuvi, shuningdek, urush yillarida Toshkentda ishlab chiqarilgan Li-2 samolyoti kompazitsiyasini yaratdi.
Tadbir “G‘alaba ko‘ngillilari”ning O‘zbekistondagi xalqaro vakolatxonasi, Toshkentdagi Rus uyi tomonidan Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.
Rossiya arxivlaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Ulug‘ Vatan urushida O‘zbekistonning 1,9 milliondan ortiq aholisi qatnashgan. Ularning 540 mingdan ortig‘i halok bo‘lgan, 160 mingga yaqini bedarak yo‘qolgan.
Bugungi kunda respublikada 500 ga yaqin urush qatnashchisi, 10 mingdan ortiq mehnat fronti mehnatkashlari istiqomat qiladi.