To‘palang suv omborida vaziyat tinch - video

To‘palang suv omborida suv miqdori norma darajasida, ombordan chiqayotgan suv ham meyoridan oshgani yo‘q - mutasaddi rahbarlar.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. To‘palang suv omborida vaziyat tinch, xavotirga o‘rin yo‘q, deb xabar bermoqda Suv omobri direktori hamda hudud Favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbari.
Eslatib o‘tamiz, ugun, 22-iyun kuni soat 08:14 atrofida Surxondaryodagi To‘palang suv omboridan chiqayotgan suv miqdori keskin oshgani haqida xabar berilga edi.
Qayd etilishicha, To‘palang suv ombori qoshida barpo etilgan To‘palang GESda 2-komponent modernizatsiya loyihasi amalga oshirilayotgani munosabati bilan bosimli quvurda sinov ishlari o‘tkazilgan vaqtda bosim quvuri to‘sini orqali 40 metr kub suv chiqqan.
Ayni paytda ushbu nosozlik to‘liq bartaraf etilgan. 40 metr kub suv to‘liqligicha kanalga yo‘naltirilgan.
Vodoxranilishe "Tupalang"
Ma’lumot uchun, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi "To‘palang" suv ombori 1982-yilda qurib boshlangan. Suv omboriing maksimal sig‘imi 500 million kub metrni tashkil qiladi. (Bugungi kunda 375 mln m3 suv yig‘ilgan)

Suv ombori to‘g‘onining balandligi 165 metr, yana 22 metr yer ostiga poydevor qilingan, ikkalasi qo‘shilganda 187 metrni tashkil qiladi. Suv ombori 2019-yilda 450 mln. m.kub suv yiqqan.
To‘g‘on boshqaruvi avtomatlashtirilgan bo‘lib, xorijdan keltirilgan nazorat, o‘lchov, kuzatish moslamalari jarayonni muntazam nazorat qilib boradi. Bundan tashqari to‘g‘on o‘rtasiga ham maxsus datchiklar o‘rnatilgan bo‘lib, va ular yer qimirlashi va boshqa ma’lumotlarni qayd qilib boradi. Seysmostansiya ham zilzilaning to‘g‘onga ta’sirini kuzatib boradi. To‘g‘onga ortiqcha suv kelgan holda uing ostidagi suv o‘tkazgichlar va kanal orqali chiqarib yuboriladi. "Xalq so‘zi" ma’lumoti asosida.