TOShKENT, 22-iyul - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Xiva shahrining diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishdi.
Prezidentlar Xivaning Ichan-qal’asiga Ota darvozadan kirib, Ko‘k minora, Ko‘hna ark saroyi, Sherg‘ozixon madrasasi, Juma masjidi, Tosh hovlini tomosha qilishdi, Allomalar muzeyi bilan tanishishdi.
Xorazmcha qo‘shiq va raqslar ijrosi mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu
Undan so‘ng prezidentlar Ichan qal’a yaqinidagi Nurillaboy saroyini ham borib ko‘rishdi. Bu majmuani 1884-yilda Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruz qurdirgan. Keyinchalik qo‘shimcha binolar ham barpo etilib, beshta hovlidan tashkil topgan. Saroyda ham sharqona, ham yevropacha uslubdagi arxitektura ajoyib tarzda uyg‘unlashgan.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu
Yana bir e’tiborli jihati, XX asr boshlarida ko‘pgina siyosiy jarayonlar aynan shu saroyda kechgan. Xivaning davlatchilik va ilm-fan rivojida tutgan o‘rni, qadimiy obidalari va san’ati ozarbayjonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu
Eslatib o‘tamiz, 21-22 iyun kunlari Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonda davlat tashrifi bo‘lib o‘tmoqda. Tashrif doirasida Ozarbayjon va O‘zbekiston bilan strategik hamkorlik deklaratsiyasi hamda yana 15ta turli sohalarda hamkorlikni qamrab olgan shartnomalar imzolandi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu