Toshkentda Haydar Aliyev nomli ko‘cha va xiyobon ochildi - video

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 21-22 iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyun - Sputnik. Toshkentda Haydar Aliyev sharafiga nomlangan ko‘cha va xiyobonning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali Marosim Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning davlat tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari so‘zga chiqishdi.
Vizit prezidenta Azerbaydjana Ilxama Aliyeva v Uzbekistan
"Siz azizlarning timsolingizda do‘st ozarbayjon xalqiga cheksiz hurmat va ehtiromimizni izhor etamiz. O‘Zbekistonga xush kelibsizlar!", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
"Yashasin O‘zbekiston - Ozarbayjon birligi va qardoshligi!", - dedi Ilhom Aliyev.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 21-22 iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan. Bu Ozarbayjon prezidentning so‘nggi 11-yil davomida O‘zbekistonga amalga oshirgan ilk tashrifi bo‘ladi.
Vizit prezidenta Azerbaydjana Ilxama Aliyeva v Uzbekistan