O‘zbekistonda un importi oshdi

Bug‘doy uni importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 19,8 ming tonnaga oshdi.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Shu yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga Rossiyadan 4,9 ming tonna bug‘doy uni import qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Hisobot oyida mamlakatga 6 ta davlatdan 49 mln dollarga teng bo‘lgan 158,4 ming tonna bug‘doy uni import qilingan.
Bug‘doy uni importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 19,8 ming tonnaga oshgan.
Bug‘doy unini eng ko‘p import qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 153,4 ming tonna
Rossiya – 4,9 ming tonna
AQSh – 50 tonna
Italiya – 27 tonna
Hindiston – 2 tonna
Fransiya – 1,8 tonna
Eslatib o‘tamiz, yanvar-mart oylarida O‘zbekiston bug‘doy unini eng ko‘p import qilgan davlatlar reytingida Qozog‘iston (91,2 ming tonna) yetakchilik qilgandi. Rossiya (1,3 ming tonna) ham mamlakatning asosiy eksportchilari qatoridan joy olgan.