TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo-Okeaniya ochiq chempionatida oltin va kumush medallariga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Janubiy Koreyaning Pxontxek shahrida para pauerlifting bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari beruvchi Osiyo-Okeaniya ochiq chempionatining jamoaviy (MIX) bahslari o‘tkazildi.
“O‘zbekiston ushbu bellashuvda 2 ta jamoa bilan ishtirok etdi. 1-jamoada Farhod Umrzoqov, Xusniddin Usmonov hamda Ro‘za Qo‘ziyeva, 2-jamoada esa Sanjar Olloberganov, Axror Bozorov hamda Qudratoy Toshpo‘latova mamlakatsharafini himoya qildi”, deyiladi xabarda.
Ikkala jamoa ham sovrindorlar safidan joy olib,1-jamoa oltin, 2-jamoa kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Bronza medaliniTailand jamoasiga qo‘lga kiritdi.