TOShKENT, 21-iyun - Sputnik. Toshkentda Ozarbayjon prezidenti tashrifi oldidan O‘zbekiston - Ozarbayjon biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikkala tomondan 100dan ortiq vakillar ishtirok etishgan.
Forum yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 500 million dollardan ortiq qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha qator bitimlar, shuningdek, ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari o‘rtasida amaliy hamkorlik to‘g‘risida 10 ta kelishuv imzolandi.
Tadbir dasturi doirasida “B2B” va “G2B” tarzida panel munozaralari o‘tkazildi, unda o‘zbek va ozarbayjon biznes vakillari aniq loyiha takliflari asosida biznes hamkorlik istiqbollarini batafsil muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Investitsiyalar va Tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Ozarubayjonning Iqtisodiyot vazirligi va Eksport va investitsiyalarni rag‘batlantirish agentligi bilan hamkorlikda tashkil qilingan forumda 100 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etishdi.