TOShKENT, 21-iyun - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi "Iskander" operativ-taktik raketa majmuasining ishlashi aks etgan kadrlarni e’lon qildi.
Buyruqni olgandan so‘ng, ekipajlar transport vositalaridan maskirovka qiluvchi shox-shabbalarni olib tashlab, boshpanalarni tark etadilar va boshlang‘ich pozitsiyasiga o‘tadilar. Bir daqiqadan kamroq vaqt ichida jangovar holatga keladi va keyin raketa uchiriladi.
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi: "Iskander - dahshatli qurol. Uning zarba berish masofasi 500 kilometrgacha yetadi va uning kuchi eng katta obyektlarni yo‘q qilishga qodir. Uni to‘xtatib qolish deyarli mumkin emas.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.