TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. G‘arb davlatlari hech qachon Moskva ishonchini qaytara olmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov MSNBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, inqiroz cho‘zilib ketadi, Moskva va Vashington o‘rtasidagi ishonch esa hech qachon tiklanmaydi.
“Ha, bu uzoq davom etadigan inqiroz bo‘ladi (Ukrainada — tahr.), lekin biz G‘arbga boshqa hech qachon ishonmaymiz”, - dedi Peskov.
Ma’lumot uchun, Ukrainani denaziyalashtirish va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng, G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirdi. Prezident Vladimir Putinning ta’kidlashicha, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi bo‘lib, uning asosiy maqsadi millionlab odamlarning hayotini yomonlashtirishdir.