Bizga NATO kerak emas, "Katta Yevroosiyo" hamkorligi kerak – Turkiya OAV

Biz Qora dengiz, Kavkaz va Markaziy Osiyoning g‘arbiy darvozasini AQSh uchun yopib, Kata Yevroosiyo hamkorligi a’zo bo‘lishimiz kerak - Turkiya OAVi.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyun - Sputnik. Turkiyaga NATO kerak emas, biz o‘tgan 70-yil ichida undan biror foyda ko‘rmadik, deb yozadi Turkiyaning “Cumhuriyet” gazetasi siyosiy sharhlovchisi Mehmet Ali Guller.
Shu vaqtgacha bizda har safar “Turkiya NATOga a’zo bo‘lishi kerakmi?” degan savol paydo bo‘lganda, har doim bir xil javob olardik: Turkiyaning veto huquqi bu juda katta ustuvorlik, tashqarida bo‘lgandan ko‘ra ichkarida bo‘lgan ma’qul, kabi.
“Aslida esa, o‘tgan 70-yil ichida biz NATOga a’zo bo‘lishdan hech bir ustuvorlikka ega bo‘lganimiz haqida birorta ham qoniqarli javob yo‘q”, - deb yozadi jurnalist.
Undan tashqari, AQSh Turkiyani NATOdan chiqarib tashlab, Yunoniston, Egey dengizi, Krit, Janubiy Kipr va Isroil orqali yangi chegara chizig‘i o‘tkazadi, degan bizning yana bir qo‘rqinchli xavotirimiz ham bor.
Xo‘sh bu xavotir naqadar o‘rinli, agar Turkiya NATOdan chiqsa AQSh nimani yo‘qotadi?
1.
Turkiyasiz NATO, bu - AQShning Qora Dengizni NATO ko‘liga aylantirish rejasini yo‘q qiladi;
2.
Turkiyasiz NATO, bu – AQShning Kavkaz rejalarini va ularning davomi – Markaziy Osiyodagi maqsadlarini ham puchga chiqaradi;
3.
Turkiyasiz NATO, bu – Turkiya, Rossiya va Eron hamkorligini rivojlanishi va strategik darajaga chiqishiga olib keladi;
4.
Turkiyasiz NATO, bu – Turkiyani Katta Yevroosiyo hamkorligi a’zosiga aylantiradi;
5.
Turkiyasiz NATO, bu – Turkiyaning yangi dunyo ShHTva BRIKSga a’zo bo‘lishiga olib keladi;
6.
Turkiyasiz NATO, bu – AQSh Turkiyaga parchalayu yuborish tahdidi ostida bosim o‘tkazish imkoniyatini yo‘qotadi degani.
Xo‘sh, AQSh buni istaydimi? – Hech qachon!
AQShning asl maqsadi – Turkiyani G‘arbga bog‘lash. Buni Entoni Blinken 2021yilning 9-iyunda ochiq aytgan edi: "Turkiya G‘arbga bog‘langan qolishi kerak", "Ayrim muhim masalalarda Turkiya AQSh bilan muvofiqlashtirishini ta’minlash kerak".
“Yuqoridagilarni esda tutgan holda, AQSh bizni NATOda chiqarib tashlaydi, degan qo‘rquvlarni unutib, real vaziyatga muvofiq siyosat yuritishimiz kerak, - deb yozadi turkiyalik sharhlovchi. - Biz Qora dengizni, Kavkaz va Markaziy Osiyoning g‘arbiy darvozasini AQSh uchun yopib Buyuk Yevroosiyo hamkorligi a’zosiga va yangi dunyoning bir bo‘lagiga aylanishimiz kerak”
Buni amalga oshirishning yagona yo‘li – Turkiya va NATO orasida aloqalarni uzib tashlash. AQShning o‘zi buni hech qachon qilmaydi. U Turkiyani ingichka bo‘yinbog‘ bilan bo‘lsa ham bog‘lab tortib yurishni istaydi. Shu sababli Turkiyaning o‘zi bu aloqalarni uzib tashlashi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainada bo‘layotgan hodisalar fonida Rossiyaning shimoliy qo‘shinlari, uzoq yillar davomida o‘zining betarafligini e’tirof etib kelgan Shvetsiya va Finlyadniya NATOga a’zo bo‘lishi istagini bildirgan edi. Bunga Turkiya keskin qarshi chiqdi. Erdo‘g‘an fikriga ko‘ra bu Shimoliy alyans ichida yangi nizolar keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli Turkiya ushbu davlatlarning NATOga qo‘shilmasligi uchun o‘zining "veto" huquqidan foydalanishini oldindan e’lon qildi. Ayni damda Turkiya bilan turli darajada muzokaraldar olib borilayotganiga qaramasdan, u o‘z fikrida qat’iy qolmoqda. AQSh va NATO esa qanday bo‘lsada ikki shimoliy davlatni qo‘shib olish niyatida.
Ustiga ustak, Turkiyani Yevropa Ittifoqiga a’zolikka nomzod bo‘lganiga mana 23-yil to‘ldi, undan oldin 13-yil faqat arizani qabul qilishga sarflangan edi... Jami - 36-yil! O‘tgan davr mobaynida Turkiya, ehtimol, G‘arb haqida bir nimalarni anglab yetgan. Ehtimol YeIga a’zo bo‘lmaganiga bugun shukur qilmoqda va yangi dunyo haqida o‘ylamoqda...