Belarus, Rossiya va O‘zbekiston bosh vazirlari Minskda uchrashishdi

Bosh vazirlar Minskda YeOII davlatlari orasida markirovka, import o‘rnini bosish va yuqori texnologiyalar sohalarida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishadi.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyun - Sputnik. Belarus, Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari Roman Golovchenko, Mixail Mishustin va Abdulla Aripov Minskda Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ishtirok etishadi, deb xabar qilmoqda BelTA.
Yig‘ilishda YeOII mamlakatlari bosh vazirlari YeOIIda tovarlarni identifikatsiya va markirovka qilish, ustuvor va yuqori texnologiyali tarmoqlarda hamkorlik va import o‘rnini bosish bo‘yicha komissiya tuzish hamda transchegaraviy bozorlarda raqobat holatini muhokama qiladilar.
Bundan tashqari, transport infratuzilmasini rivojlantirish, iqtisodiyotni raqamlashtirish, elektron tijorat, bojxona hamkorligi masalalari ham kun tartibiga kiritilgan.
YeOII yig‘ilishi oldidan Belarus, Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari Belarusning yirik mashinasozlik korxonalaridan biri - "Amkodorga" tashrif buyurishdi. Bosh vazirlar korxona faoliyati bilan tanishib, sanoat sohasida hamkorlik qilish istiqbollarini muhokama qildilar.
Ma’lumot uchun, Belarusning yirik korxonalaridan biri bo‘lgan, OAO "Amkodor" xolding boshqaruvchi kompaniyasi 1927-yilda tashkil etilgan. Beshta bo‘linma - qurilish, o‘rmon xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi, kommunal mashinalar va butlovchi qismlar doirasida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun asbob-uskunalar, shuningdek, o‘zining element bazasi ishlab chiqariladi. korxona jami 6,5 ming nomdagi mahsulot, 125 dan ortiq rusumdagi mashinalar va modifikatsiyalari 40 ta davlatda faoliyat yuritmoqda.